«Real» hujumchisi Karim Benzemaning uyiga o'g'rilar tushishdi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar tarqatdi.
Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida "Barselona"ga qarshi kecha oqshom bo'lib o'tgan o'yin paytida 31 yoshli futbolchining uyiga kirishgan. Karim "el-klasiko"ni boshlang'ich tarkibda boshlagan edi.
Hozircha o'g'rilar frantsiyalik futbolchining uyidan nimalar olib chiqishgani haqida ma'lumot yo'q.
Ushbu mavsumda Ispaniya va Evropada o'g'rilar bir necha nafar futbolchilarning uyiga kirishgan. Jumladan, Kevin-Prins Boateng, Jordi Alba (ikkisi – «Barselona»), Sado Mane («Liverpul»), Tiago Silva, Dani Alves, Erik Maksim Shupo-Moting (barchasi – «PSJ»), «Marsel» prezidenti Jak-Anri Eyro g'arazli insonlardan jabr chekishdi.