"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL yarimfinalida "Atletiko"ga qarshi o'yinlar haqida fikr bildirdi (3:0, 1:2).
"Yana chempionlar ligasida o'ynashimizdan juda xursandman. Qiyin bo'ladi ammo bunga munosib bo'ldik. Har ikki o'yinda ham "Atletiko"dan ustun bo'ldik.
Raqib o'yinni juda kuchli boshlashini bilar edik, ularning omadi kelib, ikkita gol ura oldilar. Ammo bitta golimiz o'yin taqdirini hal qilishini bilar edik. Biz "Real"miz va tajribamiz ko'p ekanini isbotladik.
Hozir holatim a'lo, o'zimni yaxshi his qilyapman. Endi finalga tayorlanishimiz kerak.
Hozir e'tiborimizni Ispaniya chempionatiga qaratamiz. Dubl qiliga harakat qilamiz.Final haqida o'ylashga vaqtimiz bo'ladi", - deydi Ronaldu.