"Real Madrid" Uels terma jamoasi yetakchisi Garet Beylni ushbu yozda hech kimga sotmaslikga qaror qildi, bu haqida Marca nashri xabar beradi.
27 yoshli futbolchi fransiyalik mutaxasis Zinedin Zidanning rejalarida bor. Beylning o'zi ham Madridni tark etish fikrida emas. Eslatib o'tamiz, Garetning "Madrid" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi.