“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl “Atletiko”ga qarshi o'yinda ko'rsatgan qilig'i uchun jazoga tortilmadi.
29 yoshli futbolchi “matraschilar” darvozasiga gol urib juda ham hunuk qilig' qildi. La Liga futbolchining xatti-harakatlarani qoraladi va reglamentga ko'ra, uni 1 dan 12 o'yinga diskvalifikatsiya qilishni talab qildi.
Biroq, Ispaniya tartib-intizom qo'mitasi (RFEF) Beylni jazolamadi.
Bunining sababi hozircha ma'lum qilinmadi. Qolaversa, ushbu intsident o'yin protokoliga yozilmagan.