"Real" darvozaboni Tibo Kurtua Madridga qaytganidan keyin shaxsiy hayotini ancha o'zgartirib yubordi. Semana jurnalining yozishicha, 26 yoshli posbon 32 yoshli ispaniyalik teleboshlovchi Alba Karrilo bilan uchrashmoqda.
Nashrning yozishicha, futbolchi va boshlovchi qizni oxirgi bir necha hafta davomida Madriddagi yapon restoranida ko'rishgan. Xabarlarga qaraganda, ular Rojdestvoda tanishishgan va keyin uchrasha boshlashgan.
Karrilo uchun bu uchinchi munosabat teleboshlovchi bunga qadar tennischi Felisiano Lopes hamda motopoygachi Fonsi Neto bilan yaqin bo'lgan, ammo har ikkalasi bilan ham sud orqali ajrashgan.
Semana jurnali muqovada Kurtua hamda Karriloning birgalikdagi suratini chop etdi. FOTO