Bugun Ispaniya kubogi yarim finaldan o'rin olgan “Real Madrid” hamda “Barselona” jamoalari o'rtasidagi javob o'yini bo'lib o'tadi. “Kamp Nou”da kechgan ilk uchrashuvda jamoalar murosa ko'chasini tanlashgan edi. Bugun Madridda haqiqiy jang bo'lishi aniq.
Mazkur yo'in oldidan bir qator qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz.
1. “Real” so'nggi bor “Barselona” ustidan 2017 yilning 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi o'yinida g'alaba qozongan. Shundan buyon jamoalar 4 marta ro'baro kelishdi. Undan ikkita o'yinda “Barsa” g'alaba qozondi yana ikkita o'yinda durang qayd etildi. To'plar nisbati 8:1 “Barsa” foydasiga.
2. Qiziq fakt! So'nggi 24 ta “el-klasiko”dan buyon kamida 3ta to'p kiritilyapti.
3. “Qaymoqranglilar” Ispaniya kubogida so'nggi 39 ta o'yinning 35tasida mag'lub bo'lmayapti.
4. “Real” o'z maydonida “Barselona”ga so'nggi 8ta o'yinning 7tasida 2tadan ko'p gol ura olmayapti.
"Real" Madrid – "Barselona"
Stadion: "Santyago Bernabeu" (Madrid)
O'yin boshlanish vaqti: 01:00
Bosh hakam: Xose Mariya Sanches Martines
Jamoalarning taxminiy tarkiblari bilan tanishing:
"Real": Navas – Karvaxal, Varan, Ramos, Regilon – Kazemiro, Modrich, Kroos – Vinisius, Vaskes, Benzema.
"Barselona": Ter Shtegen – Roberto, Pike, Umtiti, Alba – Buskets, Rakitich, Koutino – Dembele, Messi, Suares.
Shuningdek, bu o'yinda kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suaresning maydonga tushishi so'roq ostida turipti. “Real” tarkibdagi o'zgarishi bu Marselo o'rniga Regilonning maydonga tushishi. Katta ehtimol bilan yosh himoyachi bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi.
Mutaxassislarning fikricha bu o'yinda “Barselona” mezbonlarga qaraganda favorit sanalmoqda. Ammo bu “el-klasiko” unda har narsa ro'y berishi mumkin.
Bugungi o'yindan jamoalar ochiq o'yin ko'rsatishlari kutilmoqda. Sababi oddiy yutgan finalga yo'l oladi.