"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu yarim final, bu "klasiko". Biz finalga chiqishni istaymiz. Bu qiyin bo'ladi, ammo o'z oldimizga aniq maqsad qo'yganmiz. Finalga chiqish uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilish lozim.
Hal qiluvchi bosqichga chiqish uchun gol urishimiz kerak. Shu bois, hujumda tajovuzkor harakat qilamiz. Lekin himoyani ham unutmaymiz. Bitta gol o'yin taqdirini hal qilishi mumkin.
Artur kecha ozgina mashg'ulotda ishtirok etdi. Biz uni ehtiyot qilishimiz kerak. Ammo uning o'yinda ishtirok etishiga umid qilgandim.
VAR futbolga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin ishonchim komil, ertangi o'yin muhokama uchun ko'p mavzular taqdim qiladi", – dedi Valverde.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Barselona" o'yini bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.