"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Barselona"ga qarshi bo'ladigan Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasidagi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz ilk daqiqalardanoq yaxshi o'ynashimiz kerak. Bunda bizga muxlislarimiz ham yordam berishadi. Ispaniya kubogi — "Real" safida men qo'lga kiritmagan yagona sovrin. Bu kamchilikni to'ldirib qo'yishni istardim».
«Bu biz uchun eng muhim lahza. Bugungi o'yin butun mavsumga ta'tiydi. Jamoa yakdil bo'lib, to'g'ri yo'nalishda harakat qilishi lozim. Ishonchim komil, biz buni uddalaymiz».
«Men otam tufayli futbol bilan shug'ullana boshlaganman. Otamning o'zi ham futbol o'ynagan. Yoshlik chog'imda menga to'p sovg'a qilishgan. Birinchi marta men uni tepishga boshlaganman».
«Futbolda ijodkorlik juda muhim. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, tez qaror qabul qilish va tez harakat qilish kerak bo'ladi. Barcha uzatmalarim tabiiy ravishda ro'y beradigandek tuyuladi menga».