UEFA «Real» himoyachisi Serxio Ramosga nisbatan ayblov e'lon qildi. Ispaniyalik futbolchi Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Ayaks»ga qarshi bahsning (2:1) so'nggi daqiqalarida ataylab sariq kartochka olgan edi.
UEFA tartib-intizom qo'mitasi mazkur ishni 28 fevral kuni ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, o'sha ogohlantirish Ramos uchun musobaqadagi uchinchisi bo'ldi va u "Ayaks"ga qarshi javob o'yinini avtomatik ravishda o'tkazib yuborib, keyingi bosqichlar oldidan "tozalanib" olar edi.
Avvalroq UEFA shunga o'xshash vaziyat uchun «Valensiya» yarim himoyachisi Joffri Kondogbiani 2ta o'yinga diskvalifikatsiya qilgandi. U Evropa ligasi 1/16 final bosqichi doirasida «Seltik»ga qarshi dastlabki o'yinda (2:0) ataylab sariq kartochka olgan deb topilgan edi.