AS nashri xabariga ko'ra Angliyaning "Nyukasl" klubi "Real" darvozaboni Kiko Kasilyaga qiziqish bildirmoqda.
30 yoshli darvozabonning xizmatlari bilan shaxsan "Nyukasl" bosh murabbiyi Rafael Benites qiziqish bildirmoqda. Benites aynan "Real" tarbiyalanuvchisini 2015-yil yozda Madridga qaytargan edi. Hozirda Rafa ispaniyalik darvozabon bilan shaxsan o'zi a'loqaga chiqgan.
Eslatib o'tamiz, 57 yoshli mutaxasis ushbu mavsumda "Nyukasl"ni Chempionshipda chempion qilib yana APLga qaytardi.