"Real" futbolchilari Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o'yinida "Atletiko"ga omad tilashdi. Ular "Yuventus"ning mag'lubiyatga uchrashini istashyapti. Bu haqda "OK DIARIO" yozmoqda.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchilari nimchorak finaldagi mag'lubiyat Ronalduga dars bo'ladi, deb hisoblashyapti. Ularga Krishtianuning "Atletiko" muxlislariga EChLni 5 marta qo'lga kiritganini, "Atletiko" esa buni hali uddalay olmaganini aytgani yoqmagan. "Real" futbolchilarining ta'kidlashicha, jamoaviy sovrinni Ronaldu mening sovrinim, deb hisoblashga haqli emas.