«Real» Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Jarohatidan forig' bo'lgan Isko jamoaning kechagi mashg'ulotida to'laqonli ishtirok etdi. Yarim himoyachi bel qismidagi og'riq tufayli 2 haftadan mashg'ulotda ishtirok etmayotgan edi.
Futbolchi katta ehtimol bilan "Barselona"ga qarshi kechadigan Ispaniya kubogi va La liga doirasidagi o'yinlarda qatnashish uchun tayyor bo'lishga ulgurmaydi.