Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida bo'lib o'tgan "Levante" - "Real" bahsining 76-daqiqasida "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Kazemiro penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi.
Quyida berilayotgan videolavhada braziliyalik futbolchi simulyatsiya orqali hakamning qaroriga ta'sir ko'rsatishga uringani ko'ringan. Ushbu vaziyatda himoyachi Dukurening oyog'i Kazemironing oyog'iga tegmagan.
Hakam hushtagini chalib, 11 metrli nuqtaga ishora qilganida esa yarim himoyachi maydonda yotar ekan, tabassum qilayotgan kameralarga tushib qolgan.
Hakam VAR bo'yicha mutaxassislar bilan maslahatlashganidan keyin ham o'z qarorini o'zgartirmadi. Garet Beyl ushbu penaltidan samarali foydalanib, jamoasiga g'alabani taqdim qildi.