«Real» hujumchisi Vinisius Junior «Barselona»ga qarshi Ispaniya kubogi yarim final bosqichi doirasida bo'ladigan o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Messi? Biz barchasiga tayyormiz. U aqlbovar qilmas o'yinchi, maydonda shunday ishlarni bajaradiki, boshqa odam uning ishini takrorlay olmagan bo'lardi. Ammo "Real"da hech kim undan cho'chimaydi — dedi Vinisius.
«Real» – «Barselona» o'yini 27 fevraldan 28 fevralga o'tar kechasi «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi. «Kamp Nou»dagi dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.
Shuningdek, oradan 3 kun o'tib — 2 mart kuni bu jamoalar La liga doirasida yana bir marta to'qnash kelishadi.