Ispaniya Primerasining 25-turi doirasida«Real» safarda «Levante»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Mehmonlar har ikkala to'pni penaltidan kiritishga muvaffaq bo'ldi.
11 metrli jarima zarbalaridan Karim Benzema va Garet Beyl samarali foydalanishdi. Jamoaning doimiy penaltisi Serxio Ramos diskvalifikatsiya tufayli kechagi bahsda ishtirok etmadi.
Ushbu mavsumda La ligada 11 metrli jarima zarbasini tepish bo'yicha «Real» peshqadam bo'lib oldi. Hakamlar 8 marta Santyago Solari jamoasi foydasiga penalti belgilashdi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha «Qirollik klubi»ning yaqin ta'qibchilari «Barselona» va «Eybar» hisoblanadi – 7tadan penalti.
«Real» jadvalda 3-o'rinni egallab turgan bo'lsa, «Barselona» – peshqadam, «Eybar» esa 11-o'rinda.