Madridning «Real» klubi himoyachisi Marselo jamoasini o'zgartirmoqchi.
Telemadrid nashrining xabar qilishicha, braziliyalik futbolchi «Real» rahbariyatiga «Yuventus»ga o'tish istagida ekanligini bildirgan. U Turinda do'sti Krishtianu Ronaldu bilan birga to'p surmoqchi.
Ushbu mavsum Marselo asosiy tarkibdagi o'rnini 22 yoshli Serxio Regilonga boy berib qo'ydi. Avvalroq u «Yuve»ga o'tish niyatida emasligini aytgandi.