«Barselona» himoyachisi Jerar Pike «Real» klubi tomonidan taqvimga nisbatan bo'layotgan e'tiroz yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Ma'lumot uchun. Madridliklar va kataloniyaliklar 27 fevral kuni Ispaniya kubogi yarim final bosqichi javob o'yini doirasida "Santyago Bernabeu"da to'qnash kelishadi (birinchi o'yin — 1:1). Bu bahs oldidan "Barsa" La liga bahsini kecha o'tkazgan bo'lsa, "Qirollik klubi" bugun maydonga tushadi. Yarim finalning dastlabki o'yinidan oldin ham "ko'k-anorranglilar" "Real"ga nisbatan bir kun ko'proq dam olgandi.
«Adashmasam, birinchi davradagi "el-klasiko" oldidan ular bir kun ko'proq dam olishgandi. Ammo bu bizga xalal bermagan va 5:1 hisobida g'alaba qozongan edik.
Ular o'yinga jiddiy yondashishadi. Biz esa finalga chiqish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz», – dedi Pike.