«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yarimhimoyachi Garet Beyl haqida bir qarorga keldi.
Marca xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi yozda hech qaerga ketmaydi va bosh murabbiy Zidanning rejalaridan o'rin olgan. Jarohatlar girdobida qolib ketgan Beylning o'zi ham Madridda qolishni istamoqda.
Avvalroq, Garet Beylning «MYu» yoki PSJ klublariga o'tishi haqida xabarlar chiqqan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha mo'ljallangan.