«Real» murabbiylari va futbolchilari mavsumning qolgan qismi uchun avtomobillar bilan ta'minlandi.
Jamoa sardori Serxio Ramosga Audi A8 50 TDI mashinasi taiidim etildi. Bu mashinaning narxi — 100 000 evrodan ortiq. Bu avtomobil o'z yo'nalishida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Santyago Solari ham marosimda ishtirok etdi va u ham Audi avtomobilini oldi. Argentinalik mutaxassis Benzema, Karvaxal, Kroos kabi Audi Q8 mashinasini qo'lga kiritdi. Bu mashinaning narxi — 87 950 evro.