«Bavariya» yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda «Real»ga qaytishni istamoqda. Kolumbiyalik futbolchi ikki mavsumdan beri ijara asosida myunxenliklar safida faoliyat yuritmoqda.
As nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Xames "Bavariya" bilan ijara shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Shuningdek, u nemis klubi bilan to'laqonli shartnoma imzolashni istamayapti.
Rodriges "Real" rahbariyati bilan uchrashib, Madridga qaytish niyati borligini ma'lum qilmoqchi.
Xames Rodriges ushbu mavsumda "Bavariya" safida 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi. Futbolchining otasi 11 fevral kuni bergan intervyusida «Yuventus»ga o'tish o'g'li uchun asosiy maqsad ekanini aytib o'tgandi.