«Real» o'z yarim himoyachisi Luka Modrich shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Marca tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" bu masalada 33 yoshli futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
Manbada qayd qilinishicha, yangi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Modrich futbolchilik faoliyatini «Real»da yakunlashni istamoqda.
Xorvatiyalik futbolchi 2012 yildan beri madridliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Modrich o'tgan yili «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritdi.