Eden Azar – Tog' echkisi
7-yanvar sanasida tavallud topgan qaxramonimiz burji ostida tug'ilganlar tashqaridan qaraganda sodda va oddiy ko'ringanlari bilan ishga kelganda katta tashabbus ko'rsatishadi va hammani hayratda qoldirishar ekan. Qaysidir ma'noda to'g'ri kelmoqda!
Ronaldino – Hamal
21-mart sanasida tug'ilgan afsungar haqida uning burji quyidagilarni aytadi: « U tug'ma etakchi va bu hislatini hech qachon o'zgartirmaydi! Bunday burjdagi insonlar bilan ilk tanishgan kuningizdanoq ularning boshqacha ekanligini darrov his etasiz…» Darhaqiqat, mos o'xshatish.
Stiven Jerard – Egizaklar
30-may sanasida tavvalud topgan futbolchi o'z burchi haqidagi ma'lumotlarga naqadar mos tushadi? « Bu burj vakillari boshqalardan aqlliligi bilan ajralib turadi. Ular kun yoki tun deya ajratmasdan o'z sevgan mashg'ulotlari bilan shug'ullanaveradilar va katta yutuqlarga erishishadi. Ularning burjida tug'ilgan insonlarni hamma hurmat qiladi. Sababi, ular hech qachon hech kimga yomonlik ravo ko'rmaydilar…» O'ylashimcha, savolga javob oldik
Pele – Chayon
23-oktyabr sanasida dunyoga kelgan futbol qiroli haqida qiziq ma'lumotlar juda ko'p. Ammo uning burji haqida ko'pchilik bilmasa kerak. « Bu burj ostida tug'ilganlar jangchiga o'xshaydi. Ular jangga kirganlarida o'z-o'zidan o'z to'dasining sardori ekanligi ko'rinib qoladi. Eng qizig'i shundaki, ular intilgan narsalariga doimo erishadilar…»
Benzema – O'q otar (yoki mergan)
Karimni ko'pincha tanqid ostiga olishlariga qaramasdan, u bir tempda o'ynashda davom etmoqda. Uning burji haqida ajoyib ma'lumotlarni keltiramiz. «Bu burjdagi insonlar doimo atroflariga kuchli insonlarni yig'ib oladilar va jamoa bo'lib harakat qilishni xush ko'rishadi. O'qotar hamkasblar doirasida hammani ko'nglini ovlash ilinjida bo'ladi va buning uddasidan chiqadi. Ular insonlar bilan tez til topishib ketganlari uchun hech qachon chetda qolmaydilar, doimo hammaning e'tiborda bo'ladilar…»
Krishtianu Ronaldu – Dalv
5-fevral sanasida tavallud topgan futbol olamining tirik afsonasi haqida ham ajoyib ma'lumotlarni keltirib o'tamiz. «Bu burj ostida tug'ilganlar bir so'z bilan aytganda rassom insonlar. Ular o'z xayotlarida hech qanday ramkaga sig'maydigan darajada ulkan, chiroyli, nafosatli narsalarni yaratishni sevadilar. Dalv burchi ostidagilar tinchlikni juda hush ko'rishadi va hech kim bilan ortiqcha san- manga borishmaydi. Unga nima qilish kerakligini hech kim buyura olmaydi. Agar unga bosim bo'layotganini sezsa, u shunchaki qo'l siltaydi, boshqa tomonga ketib qoladi va boshqa hech qachon ortga qaytmaydi…»
Zlatan Ibrahimovich – Tarozi
Ibraning qanday harakterli ekanligi butun dunyoga ayon. Keling uning burji bilan harakterini solishtirib ko'ramiz. «Bu burj ostida tug'ilgan insonlar bilan hech kim do'stlashishni xohlamaydi. Sababi ular bugun siz bilan iliq, ertaga esa qo'pol muomalada bo'ladilar. Ularning ba'zida energiyasi badanidan toshib chiqib ketay desa, ba'zida sutkalab o'rinlaridan turishga erinib yotaverishadi. Bu burj vakillari eng sirli va noodatiy xarakter egalari sanaladi…»
Drogba – Baliq
Afrika futbolini dunyo darjasiga olib chiqqan qahramonimiz o'z burji haqidagi ma'lumotlarni doim kuzatib borar ekan. Bu burj ostidagilar haqida kitoblarda shunday deyiladi : «Bu insonlar hayotlari alg'ov-dalg'ov bo'lib ketay deb turganda ham hotirjamlikni yo'qotishmaydi. Sovuqqonlik evaziga ular ko'zlagan maqsadlariga qolganlardan avvalroq etishadi. Bu burjdagi insonlar hammaning ko'ziga beozordek ko'rinsada, aslida o'ta kuchli shaxs sanaladi…»
David Bekham – Savr
Futbolchi va model sifatida shuhrat qozongan qahramonimiz haqida uning burji ajoyib ma'lumotlarni keltiradi. «U o'z ishxonasida hech qachon etakchilikka intilmaydi ammo, oxirgi o'rinda yurishni sira xohlamaydi. Eng qizig'i shundaki, u ishxonasida o'zi javob beradigan ishga doim yuqori saviyada yondashadi va almashtirib bo'lmas ishchiga aylanadi. Bu burj ostidagi insonlar ko'pincha ayollarning e'tibor markazida turishadi. Ularning ortiqcha his - hayajonga berilmasdan ish tutishlari ayollarni yanada o'ziga qaratishga majbur qiladi…»
Leo Messi – Qisqichbaqa
Yana bir tirik afsonalardan biri haqida ma'lumot beramiz. Uning burji haqida shunday deyiladi: «Bu yulduz ostida tug'ilganlar o'ta kuzatuvchan va kamgap insonlar sirasiga kiradi. U hech kimni birdaniga yoniga yaqinlashtirmaydi va o'zini doim yaxshilashda davom etadi…» haqiqatan ham o'xshashliklar mavjud.
Teri Anri – Arslon
Hozirda murabbiylikda omadini sinab ko'rayotgan qahramonimiz haqida eshitmagan muxlis bo'lmasa kerak. Uning burji haqidagi qiziq ma'lumotlar bilan tanishing: « O'z kuchiga ishonuvchan va o'zini sevadigan insonlar sirasiga kiruvchi Arslonlar doimo e'tibor markazida bo'lishni yoqtirishadi. Bu burj ostida kamtar insonni uchratish juda qiyin. Ular kamtar bo'lishlari mumkin, ammo tashqaridan juda ulug'vor ko'rinaveradilar…»
Ronaldo (So'yloq) – Parizod
9-raqamlar orasida eng kuchlisi deya e'tirof etiladigan Ronaldo 18-sentyabrda parizod burji ostida tug'ilganini ko'pchilik bilmasa kerak. Bu burj haqidagi qiziq ma'lumotlarni taqdim etamiz. « Ushbu burj vakillari doimo ozodalik va mehribonliklari bilan qolganlardan mutloq ajralib turadi. Bu insonlar o'zlari haqida deyarli qayg'urishmaydi, ko'proq atrofdagilarning sog'lig'iga qayg'urishadi. Bu burj ostidagi insonlar oilasini sevuvchilar sirasiga kiradi. Eng og'ir pallalarda o'zini xatarga qo'ysada, hech qachon sizni tashlab ketishmaydi…»