"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl bo'lajak rafiqasi Emma Ris-Jons bilan to'yini o'tkazish borasidagi rejasini o'zgartirdi. Bu haqda "AS" nashri xabar berdi.
Juftlik Italiyaning Toskana shahrida emas, Ispaniyaning Balear orollari tarkibiga kiradigan Tagomago orolida to'y qilishmoqchi.
To'yga taxminan 150 nafar mehmon taklif qilinadi. Boshqa to'ylardan farqli o'laroq bu nikoh oqshomida xavfsizlik kuchaytiriladi. Bu bo'lajak kelinning otasi 53 yoshli Martin Ris-Jons bilan bog'liq. Martin firibgarlik aybi bilan 6 yil qamoqda o'tirib chiqqan.
Manbaga ko'ra, qiz to'yida otasini ko'rishni istamaydi, shu bois Beyldan qo'riqchilarni ko'paytirishni va xavfsizlikni kuchaytirishni so'ragan.