«Real» himoyachisi Marselo o'zining kelajagiga oydinlik kiritish maqsadida "Qirollik klubi" boshqaruv direktori bilan uchrashdi. Uchrashuv yakuni borasida hozircha ma'lumotlar yo'q.
Kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani braziliyalik futbolchiga yoqmayapti. Shu bois, agar vaziyat o'zgarmaydigan bo'lsa, yozda jamoani tark etmoqchi. Marseloning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.
Italiyaning «Yuventus» klubi Marseloni qo'lga kiritish uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.