«Real» himoyachisi Marselo so'nggi paytlarda jamoasining zaxira o'rindig'iga "mixlanib" qolgan bo'lsa, Solari ko'proq yosh futbolchi Regilonga ishonch bildirmoqda. Murabbiyning bu qarorida jon borga o'xshaydi. Nega deysizmi? Unda eshiting.
Braziliyalik futbolchi Ispaniya La ligasi doirasida 9ta o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Bu bahslarning faqat bittasida "Qirollik klubi" g'alaba qozondi. Ikkita o'yin durang bilan tugagan bo'lsa, 6ta o'yinda madridliklar mag'lub bo'lishgan.
Serxio Regulon esa jamoasining 8ta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushgan va bu bahslarning barchasida "Real" g'alaba qozongan.
Instagramda chop etilgan mazkur ikki futbolchining taqqoslama statistikasiga Marselo quyidagicha izoh qoldirdi:
«Albatta, barchasiga men aybdorman. Ishlashda davom etamiz».