"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda Angliya chempionatiga o'tishi mumkin.
Diario Gol tarqatgan xabarga ko'ra, "Real" prezidenti Florentino Peres 27 yoshli futbolchiga uni boshqa jamoaga transfer qilishni rejalashtirayotgani haqida ma'lumot bergan.
Ammo madridliklar uni "Pari Sen-Jermen"ga sotmoqchi bo'layotgani Beylga yoqmayapti. Parijliklar uelslik futbolchi uchun eng ko'p pul berishiga "qaymoqranglilar" ishonishmoqda.
Futbolchining o'zi faoliyatini APLda davom ettirishni istamoqda. 2013 yilda Garet "Tottenxem"dan "Real"ga 85 mln funt evaziga o'tgandi.
Avvalroq OAVda "Manchester Yunayted" Beylni qo'lga kiritish uchun yuqori imkoniyatlarga ega ekani haqida ma'lumot tarqalgandi.