«Milan» klubi yozgi transfer paytida «Real» yarim himoyachisi Garet Beylni qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Don Balon tarqatgan xabarga ko'ra, milanliklar 29 yoshli uelslik futbolchi uchun 100 million evro taklif qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Beyl yozda «Real»ni tark etmoqchi emasligi haqida xabar tarqatilgandi.
Garet Beyl Primeraning ushbu mavsumida 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va ikkitga golga uzatma berdi.