“Real” klubi Mauro Ikardi transferidan voz kechdi. Bu haqda “Marca” nashri yozmoqda.
Manbaga ko'ra, “qirollik klubi” “Inter” hujumchisiga jiddiy qiziqayotgandi, ammo klub rahbariyati Ikardining agenti va rafiqasi Vanda Nara bilan muzokara olib borishni istamadi. “Real” Vanda Naraning o'zini tutishidan norozi va u tufayli klubning ichki muhiti buzilishidan xavotirda. Shu bois Madrid jamoasi Ikardini sotib olish fikridan qaytdi.