«Ayaks» klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag Chempionlar ligasi 1/8 final ilk bahsi doirasida «Real»ga qarshi kechgan o'yindan (1:2) so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz uchrashuvda ancha vaqt o'z o'yinimizni namoyish qila oldik, pressingda agressiv harakat qildik va to'p bilan yaxshi ishladik.
Biz yanada aniqroq o'ynashimiz kerak edi. Bu "Real"ga qarshi o'yinlarda juda muhim, aks holda ular o'yin taqdirini hal qilib qo'yishadi.
Ajoyib ruhiyat uchun jamoamga rahmat aytaman. Bu bizga ishonch bag'ishlaydi.
Bu sharmadalik. Hakamlar bizga har xil tushuntirish berishdi – darvozabonga halal berish, ofsayd.
Men takroriy vaziyatni ko'rdim, yana bir holatga e'tibor qaratish kerak edi – boshqa tomondagi futbolchiga. Bu holatda offsayd bor deb o'ylamayman", deydi Xang