Kecha Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida "Ayaks" o'z maydonida "Real" jamoasini qabul qildi.
Mazkur o'yinda EChLda ilk bor videotakrorlar tizimiga murojaat qilindi. Ya'ni mezbonlar vakili Talyafiko Tibo Kurtua darvozasiga gol kiritganida bosh hakam VARga murojaat qildi va golni inobatga olmadi. UEFA esa bu qarorni quyidagicha izohladi: Talyafiko gol urgan paytda Dushan Tadich o'yindan tashqari holatda edi va darvozabonga xalal berdi. Birinchidan, darvozabonga xalal berish mumkin emas. Ikkinchidan, o'yindan tashqari holatdagi futbolchi xalal bergani va ta'sir ko'rsatgani uchun gol inobatga olinmadi .
UEFA rasmiy sayti fikrini quyidagi surat va video isbotlaydi. FOTO+VIDEO