"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL yarimfinalida "Atletiko"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (1:2, birinchi o'yin - 3:0) finaldagi raqibi - "Yuventus" haqida gapirdi.
"Men "Yuventus"da ulg'aydim va kuchliroq o'yinchi bo'lib etishdim. Bu buyuk jamoa. Turinliklar bilan final o'yini men uchun o'zgacha bo'ladi, chunki bu klub hamon mening yuragimda. Bu ajyib final bo'ladi. Biz o'xshash yo'lni bosib o'tdik, har ikki jamoa munosib ravishda finalga etib keldi.
Tayyorgarlik ko'ramiz, ammo avval Ispaniya chempionatida muhim o'yinni o'tkazishimiz kerak. "Yuventus" bilan o'yinda "Real"ni favorit deb atash mutlaqo noo'rin. Turinliklarga gol urish nihoyatda qiyin. Himoya - "Yuve"ning yagona kuchli tomoni emas. Ularda a'lo hujumchilar bor", - deydi Zidan.