UEFA “Real” – “Ayaks” uchrashuvii boshqaradigan hakamlar brigadasini o'zgartirdi.
Avvalroq, Amsterdamda bo'lib o'tadigan o'yinni Shimon Marchinyak boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarilishi ko'zda tutilgan edi.
Biroq, UEFA Marchinyakni videotakrorlar (VAR) hakami qilib belgilab, Damir Skominani uchrashuv bosh hakami etib tayinladi.
“Real” ushbu hakam boshqaruvida 6 marta g'alaba qozonib ikki bor mag'lub bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, EChL tarixida ilk bor videotakrorlar 1/8 finalda joriy etildi.