Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduni “Yuventus”ga o'tishini avvaldan bilganini tan oldi.
“Ha, men Ronalduni ketishini avvaldan bilganman. U menga “Yuventus”ga o'tishini, EChL finali “Liverpul”ga qarshi o'yin oldidan aytgandi”,-deydi Marselo.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu o'tgan yoz “Real”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgan edi.