Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi kim? Top 5

.
- Yuklab olish

Bu turnir klublar uchun eng nufuzlisi hisoblanadi. Bugun shu turnir tarixidagi sariq kartochkalarga «o'ch» futbolchilar haqida qisqacha…

Karles Puyol

«Barselona»ning afsonaviy sardori ChL tarixida 25 bor sariq va bir bor qizil kartochka olgan ekan. Bu kartochkalarning birortasi noo'rin bo'lmagan ekan. Qahramonimiz jamoasi darvozasi oldidagi havfni bartaraf qilish uchun ko'pincha sariq kartochkalardan, jarohatlardan, cho'chimay o'ynagan, haqiqiy sardor edi.

Xabi Alonso

 

Jismonan baquvvat, yakka kurashlarda yutib chiqadigan markaziy yarim himoyachi uchun odatiiy ko'rsatkich. Alonso o'z vaqtida o'z pozitsiyasida birinchi raqamli o'yinchi edi. Bu kartochkalarning ko'pi uning biroz yoshi o'tgan (tezlik o'z-o'zidan pasaygan) chog'larida olingan ekan. Uning hisobida 26 ta sariq va bitta qizil kartochka mavjud

Jennaro Gattuzo

«Pitbul» laqabli markaziy yarim himoyachi «Milan»ning «dahshatli» kuchga ega bo'lgan tarkibida qora ishlar bilan shug'ullanar, uning mehnati aytarli ko'rinmasdi.Agar u maydonga tushmasa, «Milan»ning o'yni sira qovushmas, nimadir etishmayotgandek tuyular edi. Gatuzzo ChL dagi uchrashuvlarda naqd 30 bor sariq kartochka bilan siylangan ekan. Eng qizig'i atigi bir marotaba qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ygan. Uning pozitsiyasidagi o'yinchilar havas qilsa arzigulik ko'rsatkichga ega.

Pol Skoulz

Ishonish qiyin, ammo bu fakt! Kamtar va bosiq futbolchi bo'lishiga qaramasdan Skouls hozircha bu turnirning eng ko'p kartochka olgan futbolchisi bo'lib turgan edi. U o'z faoliyati mobaynida ChL doirasidagi uchrashuvlarda 36 bor sariq va ikki bor qizil kartochka bilan siylangan ekan. Futbolchi haqida qiziq ma'lumot: Pol futbol o'ynashni boshlaganda «astma» kassaligi bilan og'rigan ekan. Doktorlarning ogohlantirishiga qarmasdan, katta futbolga kirib kelgan qahramonimiz futbol olamida ancha-muncha yutuqlarga erishishga ulgurdi. Uning hisobida ChL doirasida urilgan 24 ta gol mavjud.

Serxio Ramos

El-Kapitano – jamoaning yuragi, haqiqiy etakchi. Ko'pchilik uni birinchi o'rinda qayd etilishini kutgan bo'lsa, ajab emas. U ChL da ko'satgan ajoyib o'yinlari tarixda qolishi aniq, ammo uning statistikasi ham tarixda qolmoqda. Hozircha Ramos bu ko'rsatgich bo'yincha hammadan oldinda(statistik saytlar ma'lumotlarni har-xil ko'rsatgani sabab, to'liq informatsiya berilmadi). Uning qo'pol o'yinchi ekanligi, himoyadagi ishonchli o'yini evaziga «yopilib» ketadi. Ramos jamoasi g'alabasi uchun o'zini ham raqiblarini ham ayamaydigan futbolchi. Shunday ekan bu «rekord»yana yangilansa ajab emas.

 

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev

BestMaster
12 Fevral 2019, 10:50
chempionlar, ligasi, tarixidagi, sariq, kartochka, olgan, futbolchi, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
yamac9597
 yamac9597  
Albatta yana kim bulardi 1o'rinda Ramos ekanligi anig'u
12 Fevral 2019, 15:07
vartolu
 vartolu  
Ramos 6z Jamoasi Uchun Qizil Kartwka 6lishga Tayyor Ins6n
12 Fevral 2019, 15:37
 paro  
He he ha
22 Fevral 2019, 15:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads