Sobiq "Real Madrid" futbolchisi Alvaro Arbeloa sobiq jamoadoshi va hozirda "Xuvenil A" (Real Madrid C) klubining bosh murabbiyi Xose Mariya Gutini sovrin bilan tabrikladi.
"Gutini ajoyib trebl bilan tabriklayman. U maydonda afsungar edi va endi murabbiylik sohasida ham. Yulduz!" - deydi Alvaro.
Eslatib o'tamiz, Guti yoshlar jamoamiz bilan Ispaniya chempioni, Ispaniya kubogi va Chempionlar kubogida zafar quchib trebl qayd etdi. Guti shogirdlari faqatgina yoshlar o'rtasidagi Chempionlar Ligasida yarimfinalda mag'lub bo'lishgan edi.