So'nggi 20 yil mobaynida futbol olamida bir nechta ajoyib darvozabonlar etishib chiqdi. Bugun yangi asrning eng kuchli darvozabonlariga bir nazar tashlaymiz
5-o'rin
Dida
Braziliyalik mashhur darvozabon «Milan» jamoasi safidagi ajoyib o'yinlari orqali futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Dida ajoyib seyflar va ishonchli o'yini bilan alohida ajralib turar edi. U «Milan» bilan 21- asr boshida engib bo'lmas jamoaning muhim o'yinchisi edi. Dida faoliyati mobaynida Janubiy Amerika qit'asining bir necha bor eng yaxshi darvozaboni, ChL va JCh da g'olib bo'lgan kam sonli darvozabonlardan biri edi.
4-o'rin
Oliver Kan
Uning metin xarakteri va jangovar ruhiyati jamoadoshlari uchun qo'shimcha kuch ulashar edi. Uo'z himoyachilarini xuddi murabbiylardek mahorat bilan boshqarar, doimo jamoadoshlarini sergaklikka chorlardi. Klubining 2001-yildagi ChL finalida «Valentsiya» jamoasi ustidan qozonilgan g'alabasidan so'ng, uning Kanisarezni ovutib aytgan so'zlari hozir ham qalblarimizni eritib yuboradi.
Tur, ey yigit! Hozir senga onang qarab turipti. Men sezib turibman u sen bilan faxrlanmoqda…Hamma g'alabani nishonlashga berilib ketgan bir paytda uning aytgan so'zlari, darhaqiqat, tahsinga sazovar. Kan o'z faoliyati mobaynida dunyo va Evropaning eng yaxshi darvozaboni deya tan olindi va futbol tarixida o'zidan iz qoldira oldi.
3-o'rin
Piter Chex
O'zining hotirjamligi bilan ajralib turuvchi darvozabon o'zining eng gullagan davrlarini «Chelsi» safida o'tkazgan desak, adashmagan bo'lamiz. U ilojsiz vaziyatlarda bir necha bor jamoasini qutqarib qolishni uddasidan chiqqan kam sonli darvozabonlardan biri. Qahramonimiz 2006-yilda qattiq jarohat oladi. Ammo Chex o'zida kuch topa oldi va katta futbolga qaytdi. U 2012- yilda «Chelsi» safida ChL da chempionlikni qo'lga kiritadi. O'sha tarixiy g'alaba aynan qahramonimzning fantastik seyvlari evaziga qo'lga kiritiladi va tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitiladi. Chex o'z karierasi davomida katta havf ostida qolishiga qarmasdan, yuqori darajada futbol namoyish etgan jasur darvozabon bo'lgani uchun ham beshlikdan joy olishga haqli
2-o'rin
Buffon
U dunyoning 4 karra eng kuchli darvozaboni, ikki karra Evropaning eng kuchli kipperi, JCh g'olibi, bir necha bor Italiya chempioni…
Uning boshqa darvozabonlardan ajralib turadigan hislatlari talaygina edi. Buffon raqib hujumlarini oldindan o'qir va joy tanlashda kam adashar edi. Uni futbol olamida qattiq hurmat qilishadi. O'z vaqtida millionlarni taklif qilishganda ham o'z klubiga sodiq qolgan darvozabon o'z vaqtida ketishning ham uddasidan chiqdi. Uning o'yinlari hozirgi yosh darvozabonlar uchun haqiqiy mahorat maktabi vazifasini o'tab beradi desak, adashmagan bo'lamiz.
1-o'rin
Iker Kasilyas
5 karra dunyoning eng kuchli darvozaboni sifatida tan olingan qahramonimiz yoshligidanoq o'ta iqtidorli sanalgan. U futbolchi erishishi mumkin bo'lgan jamiki turnirlar g'olibligini qo'lga kiritgan kam sonli darvozabonlardan biri.
Kasilyasning eng kuchli jihatlaridan biri - muhim uchrashuvlarda sovuqqonlik bilan qaror chiqarishi desak, adashmagan bo'lamiz. Kasilyas faoliyatining so'nggi bekatlarida biroz o'yinida pasayish kuzatilgani rost, ammo qahramonimiz futbol olamida o'z ismini allaqachon qoldirishga ulgurgan. Uning ajoyib o'yinlari sababli Ispaniya shonli g'alabalarga erishdi va o'z futbolida yangi sahifa ochdi. Kasilyas so'nggi 20 yillikninghaqli ravishda eng kuchli darvozaboni sifatida tarixda qoladi.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev