“Real” yarimhimoyachisi Kazemiro “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morata bilan bo'lgan vaziyatga izoh berdi.
“Albatta, kontakt bor edi, lekin bu penalti emas. Penalti belgilash uchun bu etarli emasdi shuningdek, hakam va VAR’ham ushbu vaziyatni ko'rishdi”, – deydi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o'tamiz, ikkinchi bo'limda Kazemiro jarima maydonchasida Morataga nisbatan qo'pol o'ynadi, ammo bosh hakam Xavier Estrada Fernandes ushbu vaziyatga penalti belgilamadi.