Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Paulo Dibala faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi “Real” va “Yuventus”dan birini tanlamoqchi.
Ta'kidlab o'tamiz, turinliklar futbolchini qo'yib yubormoqchi emas.
Avvalroq, Dibala “keksa sinoralar” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan munosabatlari yomonlashgani, vaziyatni “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum argentinalik hujumchi 27 ta o'yinda 7 ta gol urgan va 6ta golga assistentlik qilgan.