"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Primeraning 23-turida "Real"ga qarshi uchrashuv oldidan madridiklar ustozi Santyago Solari haqida fikr bildirdi.
O'yin 9 fevral kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.
"Solarini anchadan buyon bilaman. U faoliyatini tugatganida uning murabbiyi bo'lganman. O'shanda Santyago bizga katta yordam bergan edi. Argentinalik ekanimiz uchun tez-tez ko'rishib turamiz, birga tushlik qilamiz.
U bosh murabbiy bo'lib ishlashga arziydi. Solari yaxshi ishlay olishini isbotlab bo'ldi. Yana bir argentinalikning yuqori saviyada ishlayotganidan xursandman.
Bizi qiyin o'yin kutib turibdi, biz Solari kelganidan so'ng kuchaygan jamoaga qarshi o'ynaymiz. "Real"da qanotlar zo'r, Vinisius, Beyl va Lukas Vaskes - ajoyib o'yinchilar. Karim Benzema - fantastik o'yinchi", - deydi Simeone.