Ispaniya kubogi yarimfinalining birinchi o'yinida (1:1) "Real" darvozasini ishg'ol qilgan ""Barselona" hujumchisi Malkom fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Buni yuz marta tomosha qildim! O'yinda qatnashganimdan xursandman. Gol urganimdan baxtiyorman.
Boshlang'ich tarkibda tushishimni o'yin boshlanish arafasida bildim. Ammo men tayyor edim. Messi menga xotirjam bo'lishimni aytdi. Shuningdek, bugun qiyin o'yin bo'lishi haqida ogohlantirdi.
Bolalarim va nabiralarimga dunyoning eng yaxshi futbolchilari bilan birga o'ynaganimni aytaman. Neymar? U bilan terma jamoada o'ynaganman. U dunyoning ng yaxshilaridan biri, ammo biz uning "Barselona"ga qaytishi haqida gaplashmayapmiz", - deydi Malkom.