«Real» klubining sobiq hujumchisi Guti qachonlardir jamoani boshqarish niyati borligini aytdi.
Ayni paytda «Real» U19 jamoasiga ustozlik qilayotgan Guti yoshlar bilan Ispaniya chempionati va kubogi, shuningdek chempionlar kubogida g'olib chiqqan edi.
«Real» muxlislari Zidanning ko'p yillar davomida bosh murabbiy bo'lishini istamoqda. Umid qilamanki, uning muvaffaqiyatlari davom etaveradi. Ammo biz har doim yuqori cho'qqilarni ko'zlaymiz. Ha, «Real»ni boshqarishni istamayman desam, aldagan bo'lardim. Biroq bu ish yaqin orada yuz bermaydi. Biz asta-sekin maqsad sari qadam tashlab boraveramiz» - dedi Guti sports.fr xabarida.