Frantsiyaning L'Équipe jurnali Evropa chempionatlarida faoliyat olib borayotgan futbolchilar orasida eng ko'p maosh oluvchilar reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, "Barselona" sardori Lionel Messining oylik maoshi 8,3 million evroni tashkil qiladi. Ikkinchi pog'onani "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu band etdi. Portugaliyalik futbolchining maoshi Messinikiga nisbatan deyarli ikki barobar kam — 4,7 million evro (oyiga). Kuchli uchlikni Antuan Grizmann yakunlab bergan bo'lsa, to'rtinchi o'rinda Neymar qayd etilgan.
1) Lionel Messi («Barselona») – 8,3 million evro
2) Krishtianu Ronaldu («Yuventus») – 4,7 million evro
3) Antuan Grizmann («Atletiko») – 3,3 million evro
4) Neymar («PSJ») – 3,06 million evro
5) Luis Suares («Barselona») – 2,9 million evro
6) Garet Beyl («Real») – 2,5 million evro
7) Filippe Koutino («Barselona») – 2,3 million evro
8) Aleksis Sanches («MYu») – 2,28 million evro
9) Kilian Mbappe («PSJ») – 1,73 million evro
10) Mesut O'zil («Arsenal») – 1,6 million evro
Izoh: Summalar soliqlar chiqarib tashlanmagan holda ko'rsatilgan.