«Real» yarim himoyachisi Markos Lorente Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi dastlabki o'yinda (1:1) jarohat olib, 63-daqiqada zaxiraga olingandi.
Tibbiy ko'rik xulosasiga ko'ra, 24 yoshli futbolchi o'ng oyog'idagi mushagi jarohatlangan. Bu haqda "Real" klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Marca nashriga ko'ra, Lorente 3 haftaga safdan chiqdi. Katta ehtimol bilan u "Barsa"ga qarshi kechadigan javob bahsida maydonga tushmaydi.