Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Markos Lorente jarohat oldi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, Lorentega son mushaklari shikastlanishi tashxisi qo'yilgan.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli ispan bir oy oldin ham shunga o'xshash jarohat olgan, shuning ortidan 5ta o'yinni o'tkazib yuborgan edi.