"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispagniya kubogida "Real" bilan birinchi o'yindan so'ng (1:1) fikrlarini bildirdi.
"Raqib dastlabki daqiqalarda gol ursayu, keyin sen hisobni tenglashtirsang, bu yaxshi. "Real" boshida to'p bilan uzoq muomala qildi. Keyin biz xavfli vaziyatlar yarata boshladik. Hammasi qo'lmizda bo'lganida hisobni tenglashtirdik.
Hech narsa hal bo'lgani yo'q, bu erda favorit yo'q.
Messi? Uning holati yaxshi. Hozir uning sog'ligiga tavakkal qilmadik, chunki kichik noqulaylik bor edi. "Real"ga qarshi o'yinda uni ikkinchi bo'limda tushirishni ma'qul topdik. U o'yin taqdirini hal qilishi mumkin edi", - deydi Valverde.