«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Barselona»ga qarshi (1:1) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Futbolda adolatsizlik haqida gapirish qiyin. Ikkinchi golni urish uchun biz bir nechta imkoniyatlarga ega bo'ldik: Beyl, Kroos... Bu yaxshi, tomoshabop va sifatli o'yin bo'ldi, deydiganlarning fikriga qo'shilaman. O'ylaymanki, bu o'yin bizga ham, muxlislarga ham yoqdi.
— 1:5 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin jamoa xarakter namoyish etishni istaganmidi?
— Bu uchrashuvlarni taqqoslashdan ma'no yo'q. Jamoam mashg'ulotlarda jiddiy ishlamoqda. Biz buni maydonda ham ko'rdik.
— Javob o'yinida qaysi jamoa favorit bo'ladi?
— Bunga javob bera olmayman. Hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Boisi, har ikkala klub — yuqori saviyada.
— Marseloning o'yiniga qanday baho berasiz?
— Marselo — ikkinchi sardor. Biz uning eng yuqori formaga chiqishini kutamiz.
— Vinisiusning o'yini haqida nima deya olasiz?
— Men hayron bo'lmadim. U jamoaga kelganidan beri Junior bilan birga ishlab kelyapman. U 18 yoshda bo'lishiga qaramay, u meni qoyil qoldirmoqda. Sababi, bunday holat har kimda ham yuzaga kelavermaydi. Jamoadoshlari ham uning klubga moslashib ketishi uchun yordam berishmoqda.
— «Atletiko» va «Ayaks»ga qarshi o'yinlardan nimalar kutyapsiz?
— Keling, bosqichma-bosqich harakat qilamiz. Ertadan boshlab La liga haqida bosh qotira boshlaymiz.
— Foydalanilmagan vaziyatlar jamoaga xalal berdimi?
— Biz hamisha g'alaba qozonishni istaymiz. Ikkinchi golni urish bizda imkoniyatlar bo'ldi. Keyin esa o'yin turlicha kechishi mumkin edi. Bugungi o'yin — jamoa jiddiy ishlayotganining isboti.
— Lukas Vaskesga qanday baho berasiz?
— Undagi xislatlarni men qadrlayman: dadillik va fidoyilik.