«Barselona» himoyachisi Jerar Pike Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Real»ga qarshi o'yindagi (1:1) hakamning qarorlariga baho berdi. Eslatib o'tamiz, uchrashuvni Mateu Laos boshqarib bordi.
«Laosning ba'zi qarorlari g'alati bo'ldi. Biz bunga moslashishimizga to'g'ri keldi. Serxio [Ramos] ikkinchi sariq kartochkani olishi kerak edi. Ammo nailoj? Umuman olganda, biz yaxshi o'yin o'tkazdik.
Leoda kichik jarohat borligini bilardik. Oldinda muhim o'yinlar kutib turibdi. Shu bois, u sog'lom va tayyor holatda maydonga tushgani yaxshi. Agar 90 daqiqa o'ynasa, jarohatini chuqurlashtirib olishi mumkin edi. U ikkinchi bo'limda maydonga tushishni afzal bildi.
Biz yaxshi natijaga erishdik. Barchasi javob o'yinida hal bo'ladi», – dedi Pike.