Madridning "Real" klubi "Monako" hujumchisi Kilian Mbappeni xarid qilish fikridan qaytmoqchi emas.
Xabarlarga ko'ra prezident Florentino Peres shaxsan o'zi 18 yoshli hujumchi bilan Parijda Fransiya - Angliya baxsidan so'ng uchrashgan.
Ammo masalaning 2-tarafi jamoaga Mbappe kelsa, hozirgi tarkibdan yulduzlardan kimdir ketishi kerak bo'ladi va bu katta ehtimol ila Garet Beyl bo'lishi mumkin. Qo'shimcha ravishda Kilian bir necha kun oldin kelajagi borasida Zinedin Zidan bilan gaplashmaganini aytib o'tdi. Hujumchining o'zi yana bir mavsum "Monako"da qolishni reja qilganini ham ta'kidladi.
Ammo ushbu yozda "Monako"ni boshqa yulduzlar tark etadigan bo'lsa Mbappe bu qaroridan qaytishi ham mumkin. Sababi allaqachon Bernardu Silva "Man Siti"ga o'tib ketgan bo'lsa, Temue Bakayako va Fabinyo mos ravishda "Chelsi" va "MYU" klublari bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Shuningdek, Benjamin Mendi va Toma Lemarning ham jamoadan ketish xavfi yuqori bo'lganligi uchun Mbappe kelajagi borasida yana bir marta o'ylab ko'rishi tahmin qilinmoqda.