«Barselona» prezidenti Xozep Mariya Bartomeu «Real» yarim himoyachisi Isko haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Agar murabbiylarimiz bizdan «Real»ni tark etishni istayotgan futbolchini xarid qilish kerakligini aytishsa, albatta biz uni qo'lga kiritgan bo'lar edik. Ammo men jamoa boshqaruviga kelganimdan beri bunday hol ro'y bermadi.
Klublarimiz o'rtasida raqib jamoa futbolchilari bilan shartnoma imzolamaslik haqida kelishuv mavjud emas. Barcha o'z jamoasini raqobatbardosh qilishni istaydi. Isko? Biz buni «Real» bilan muhokama qilgan bo'lardik», – dedi Bartomeu.
26 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda madridliklar safida 25ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. Iskoning«Real» bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.