"Real"ning sport direktori va sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich Ispaniya kubogi yarimfinalida "Barselona"ga qarshi birinchi o'yin oldidan jamoa yarimhimoyachisi Garet Beylning yini haqida fikr bildirdi.
"Kimdir himoyalanishi kerak. Vaskes raqibni qanday ta'qib qilishni va himoyada yordam berishni biladi. Chapda Vinisius yaxshi o'ynaydi, Beylda esa muammolar bor.
Agar Solari Beylni o'yinga qo'ysa, bu Garet uchun oxirgi imkoniyat bo'ladi. Uning o'yinidan hammamiz ranjiyapmiz. Vinisius "Santyago Bernabeu"da yaxshiroq o'ynaydi.
"Barselona"da aqlbovar qilmas hujum bor, ular 5 daqiqada uchta gol ura olishlari mumkin.
Messi? Uning o'zi o'yinga tayyor yoki yo'qligini Valverdega aytadi. U bunday vaziyatlarda nima qilishni bilandigan aqlga ega", - deydi Miyatovich.